Bo‘stonliq tumanining «Chimboylik» MFYda bizning forel yetishtirish bo‘yicha sadok xo‘jaligimiz joylashgan. Sadok usuli — baliq yetishtirishning barcha zamonaviy talablarga javob beradigan eng samarali va kamxarj turi. Bizning xo‘jalikda u Golden Fish kompaniyasining o‘z kuchi bilan barpo etilgan.
Baliqlarning yoshini va savdo uchun mo‘ljallanganini ishlab chiqarish ustuvor deb belgilangani tasodifiy emas. Biz asosan konstruktiv yechimlar va ushbu yechimning rentabelligidan kelib chiqdik.
Biz sadok xo‘jailigining klassik uslubga nisbatan afzalliklari borligini ham hisobga oldik. Ulardan biri shundaki, sadok xo‘jaliklari suv havzalarining o‘zida, shu jumladan kompleks maqsadda foydalaniladigan havzalarda ham joylashgan bo‘lishi va ularning faqat bir qismini egallashi mumkin. Ikkinchisi, sadok xo‘jaliklari, sun’iy havza xo‘jaliklaridan farqli ravishda qishloq xo‘jaligi tasarrufidagi katta yer maydonlarini egallashni talab etmaydi.
Bundan tashqari, hovuzli xo‘jaliklardan farqli o‘laroq, sadoklarda baliq yetishtirishda majburiy suv almashinuvini yaratish va suvni tortish uchun elektr energiya sarfi talab etilmaydi. Sadoklarda doim passiv, ya’ni odam aralashuvini talab etmaydigan suv almashinuvi bo‘ladi, u sadokda baliqning harakatlanishi hamda to‘lqinlarni aralashuvi tufayli yuzaga keladi.
Jarayon davom etmoqda va natijalar bizni xursand qilmoqda
Baliqlar sadoklarning yopiq maydonidagi spetsifik sharoitda rivojlana olish xususiyati tufayli ular sadoklarda bemalol yetishtiriladi.
Sadoklarni qurish uchun biz turli sintetik materiallardan foydalandik va to‘rli sadok tizimlarini ishlab chiqdik.