Golden Fish 2008 yilda bozorda paydo bo‘lganidan beri mahalliy kengliklarda baliqlarni, xususan, elita navli baliqlarni yetishtirish ustida tinimsiz ish olib bormoqda. Bu uni raqobatchilar orasida ajratib turadi va xaridorlarga hamyonbop narxlarda betakror ta’m va foydadan bahra olish imkonini taqdim etadi.
Ishlab chiqarish uchun yetishtirilayotgan va tutiladigan baliqlarni hududiy bo‘linishi kompaniya rivojida katta rol o‘ynadi.
O‘rta Chirchiq tumanining «O‘rta Saroy» MFYda inkubatsion seximiz joylashgan bo‘lib, bu yerda osyotrsimon baliqlar yetishtiriladi.
Baliq ikrasini sun’iy urug‘lantirish, undan baliq bolalarini olish va o‘lchamini 10-15 gr/donaga yetkazish yo‘li bilan O‘zbekistonda birinchi marta ushbu baliqlarning ekish mumkin bo‘lgan materialini olishga erishildi. Urug‘lantirilgan ikradan baliq yorib chiqish (yashab ketish) ko‘rsatkichi 60% dan ortiq, urg‘ochi poda yaratish esa — 200 dona miqdorda osyotrsimonlar urg‘ochilari.
Ushbu usul bu texnologiyani mahalliy shart-sharoitlarga mslashtirishni anglatadi, baliq yetishtirishning texnologik zanjiri (suvni dastlabki tozalash, aeratsiya, sirkulyatsiya, sovutish va isitish tizimi) to‘lig‘icha o‘zimizning mutaxassislar tomonidan tuzilgan va barpo etilgan. Biz tashqaridan hech kimning yordamini so‘ramadik, faqat o‘zimizning yillar davomida orttirilgan tajribamiz, o‘z qo‘llarimiz bilan muhim ish boshlash istagi va yurtimiz aholisi uchun noma’lum ishlab chiqaruvchining qimmat mahsulotini sotib olishga majbur bo‘lmasdan ham, foydali elita baliqlarni iste’mol qilish imkoniyatini yaratish istagidan foydalandik. Biz baliqni har bir o‘zbekistonlik bemalol xarid qilishi mumkin bo‘lgan mahsulot qatoriga olib chiqishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.
Bugungi kunda inkubatsion seximiz
Korxona to‘liq qamrovli bo‘lib, osyotrsimonlarni urug‘lantirilgan ikradan tortib ista’mol uchun tayyor ikragacha o‘stirish siklini o‘z ichiga oladi. Baliq yetishtirishning yo‘lga qo‘yilgan texnologiyalari bizga yiliga 12 oy davomida natija olish imkonini beradi. Biz xavfsizlik, ekspluatatsion mehnat xarajatlari va energiya sarfini minimallashtirish, shuningdek, ekologiyaga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga texnologiyalarimiz ishonchli va xizmat ko‘rsatish yetarlicha sodda. Golden Fish ozuqa va baliq yetishtirish va uni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni utilizatsiya qilish jihatidan tashqi tashkilotlarga murojaat qilishga muhtoj emas.