Kompaniya Haqida

Kompaniya Haqida

Golden Fish Group

Sizning biznesingizda eng yaxshi

Golden Fish kompaniyasi alohida hududlarda joylashgan 3 ta ishlab chiqarish quvvatida baliq yetishtirish va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.

Chunonchi, Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi) va «Golden Fish»  dam olish maskanida baliqlarning mahalliy navlari, jumladan xumbosh baliq, sazan va boshqalar ovlanadi. O‘rta Chirchiq tumanining «O‘rta Saroy» QFYda inkubatsiya seximiz joylashgan bo‘lib, u yerda OSYOTRSIMONLAR yetishtiriladi, Bo‘stonliq tumanidagi «Chimboylik» QFYda esa FOREL yetishtirish uchun sadok usulidagi xo‘jalik bor.

Baliqlarning elita navlari zamonaviy va intensiv tizimlar: sadok qurilmalari va o‘stirishning havza turida yetishtiriladi.

JM273385

Bizning maqsadlarimiz

Bu esa atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, mamlakatimiz aholisini to‘liq ta’minlash maqsadida ko‘p miqdorda baliq yetishtirish va zamonaviy texnologiyalar hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bermoqda.

Bugungi kunga kelib biz sohamizda muhim natijalarga erishdik, shuningdek, bu borada boshqa yirik loyihalarni ham amalga oshirishga hozirlik ko‘ryapmiz.

Yutuqlarimiz sirasidan:

  • Osyotrsimonlar va forelsimonlar oilasi baliqlarini sun’iy ko‘paytirish texnologiyasini o‘zlashtirish;
  • Baliqlarni intensiv usulda yetishtirishni o‘zlashtirish;
  • Baliq yetishtirishning sadok usulini yo‘lga qo‘yish;
  • Mahalliy baliq navlarini tabiiy sharoitda yetishtirish;
  • Ekologik turizmni rivojlantirish.

DAM OLISH MASKANI

Siz va oilangiz uchun ajoyib joy

Oxirgi punkt, aytib o‘tish joizki, faol rivojlanish pallasida.

Hozirning o‘zidayoq yurtimiz aholisi qulay hordiq chiqarishi uchun umumiy maydoni 5 gektardan ortiq 7 TA SUN’IY suv havzalari yaratilgan bo‘lib, ular sportga xos baliq ovlash uchun taqdim etilgan (ularda 7 turdan ortiq baliqlar ko‘paytirilgan), bundan tashqari OTDA SAYR QILISH UCHUN MAYDON, BASSEYN, STOL TENNISI, 5 TA KOTTEJ dam oluvchilar xizmatiga muntazir.

Dam olish maskanimizga yakka tartibda yoki katta davra bo‘lib, oilangiz bilan kelishingiz va musaffo tabiat, toza havo qo‘ynida muammolar-u, shahar shovqinidan uzoqda vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz mumkin.