Baliqchilik xo’jaligi

Baliq haqida

Bozorda 2008 yilda paydo bo‘lgan Golden Fish baliqlarni, xususan, mahalliy kenglikda sara navlarni yetishtirish ustida tinimsiz ishlab kelmoqda. Bu jihat kompaniyani raqib korxonalar orasidan ajratib turadi hamda xaridorlarga hamyonbop narxlarda mazali ta’m va foydadan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Kompaniyaning taraqqiy etishida yetishtiriladigan va tutiladigan baliqni to‘g‘ri hududiy taqsimlash katta ahamiyat kasb etdi. Masalan, «Tuyabug‘uz»  suv omborining (Toshkent dengizi) suv sathida va Golden Fish dam olish maskanida mahalliy baliq turlari – do‘ngpeshona, sazan va boshqalarni ovlaydilar. O‘rtachirchiq tumanining «O‘rta-saroy» QFYda esa inkubatsion korxona joylashgan bo‘lib, bu yerda bakrabaliqlar yetishtiriladi. Bo‘stonliq tumanining «Chimboylik» QFYda gulmohi va lososni yetishtirish bo‘yicha qafasli baliqchilik xo‘jaligi joylashgan. Qafasli uslub – baliq yetishtirishning eng samarali va kam harajatli, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan usulidir.  U Golden Fish kompaniyasining o‘z kuchi bilan ishlab chiqarish korxonasida bunyod etilgan.

 

Sotuv uchun yetishtiraladigan baliqning (gulmohi, bakrabaliq, losos) hajmi 300 tonnani, baliq filesining yillik ishlab chiqarilishi – 20 tonnani, dudlangan baliq – 15 tonnani, qora ikra – 8 tonnani tashkil qiladi. Eksport hajmi – 5 mln AQSh dollariga teng.